«Inter» Hakimi uchun qancha so'rayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

PSJ «Inter» yarimhimoyachisi Ashraf Hakimi transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Parijliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
PSJ Hakimi bilan besh yilga - 2026 yil iyungacha shartnoma imzolashga tayyor. Futbolchining maoshi mavsum uchun 8 million evroni tashkil etadi, shuningdek, 2 millionlik bonus ham va'da qilingan.
Futbolchi uchun PSJ 60 million evro taklif qildi. «Inter» o'z navbatida 75 million evro talab qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234