"Real" Varanga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Rafael Varan 2022-yil iyunida tugaydigan shartnomasini uzaytirmasa, uni sotishga tayyor.
Goal.com xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" asosiy tarkib futbolchisini 70 million evroga sotadi. Ammo, frantsuz uchun hech qanday taklif kelib tushmasa, "qirollik klubi" Varanning narxini tushirib, futbolchini 40-50 million evaziga qo'yib yuborishi mumkin.
Varanga "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311