De Ligt intervyu paytida o'zini "Ayaks" futbolchisi deb ta'rifladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Mattias de Ligt Avstriyaga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi va o'zini "Ayaks" futbolchisi deb atadi. Ammo, gollandiyalik o'tgan ikki mavsumni Turinning «Yuventus» klubida o'tkazgan.
- Bugun tez-tez uzun paslar bilan o'ynashimiz kerak edi. Menga "Ayaks" futbolchisi sifatida doim shunday harakat qilish g'alati, - dedi de Ligt NOS efirida.
- Siz "Yuventus"da o'ynaysiz, - jurnalist futbolchining so'zini to'xtatdi.
"Ha,"Ayaks"ning sobiq futbolchisi sifatida" dedi de Ligt yuzida tabassum bilan.
Eslatib o'tamiz, Gollandiya terma jamoasi Avstriyani 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va "S" guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281