Veynaldum nega "Barsa"ga o'tmadi?Kuman javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman yarim himoyachi Jorjino Veynaldum "PSJ"ga o'tib ketgani haqida fikr bildirdi.
"Veynaldum "Barselona"ga o'tmaganligi sharmandalik. U ko'plab klublarning rejalariga kirgan qiziqarli futbolchi. Nazarimda, biz hal qiluvchi bo'lishi mumkin bo'lgan bir nechta uchrashuvlarni o'tkazib yubormadik. Yoki, ehtimol, biz yanada ishonchli bo'lishimiz kerak edi. Qanday bo'lmasin, fakt shuki, "PSJ" bizdan ustun keldi", - deya Kumanning so'zlarini keltirgan Sport.es.
Veynaldum "Liverpul"ga 2016-yilda "Nyukasl Yunayted"dan kelib qo'shilgan va avvalroq PSV va "Feynoord"da o'ynagan. Mavsum yakunlangach, 30 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer Ligasining barcha 38 uchrashuvida qatnashdi va 2ta gol urdi.

Bosh sahifaga
282