"Real" va "Roma" o'zaro o'yinchi almashtirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

As xabariga ko'ra, himoyachi Leonardo Spinatstsola "Roma"dan ketishi mumkin. Madridning "Real" klubi 28 yoshli italiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Klub Ferlan Mendiga munosib o'rinbosar topmoqchi va shu bilan Marselodan qutulmoqchi.
Ikkala klub vakillari uchrashishdi va hujumchi Borxa Mayoralni Spinatstsolaga almashtirishni muhokama qilishdi. Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti italiyalik himoyachini "qaymoqranglilar" safida ko'rishni istamoqda.
O'tgan mavsumda Spinatstsola A seriyaning 27-turida 2 ta gol va 4 ta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
140