Frank: «Depay Evro-2020 musobaqasining keyingi bosqichlarida saviyasini ko'rsata oladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Niderlandiya terma jamoasi ustozi Frank de Bur shogirdi Memfis Depay haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
«Memfis musobaqa davomida oldinga yana qadam tashlay oladi. Biz uchun muhim bo'ladigan kelgusi o'yinlarda u katta qahramonga aylanadi. U buni uddalashiga ishonchim komil. U penalti yaratdi va bugun assistentga uzatma berdi. U yanada yaxshiroq o'ynay olishini biladi, ammo keling musobaqa davomida o'sib borsin. Musobaqaning keyingi bosqichlarida saviyasini ko'rsata oladi», — dedi de Bur.
Manba: uefa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169