Diego Kosta faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Hujumchi Diego Kosta "Beshiktosh" safiga qo'shiladi. "AS" nashrining xabariga ko'ra, klub forvard bilan kelishuvga erishgan. Oldinroq futbolchiga "Palmeyras", "Boka Xuniors", "San-Paulu", shuningdek Angliya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli ispaniyalik hujumchi "Atletiko" bilan shartnomasini yanvar oyida bekor qildi va hanuzgacha erkin agent hisoblanadi. U Madrid klubida 2018-yildan beri o'ynab kelmoqda edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220