Eshli Yang sobiq klubiga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Sky Sports xabariga ko'ra, "Inter" sobiq himoyachisi Eshli Yang "Aston Villa"ga qaytishga yaqin turibdi.
Manbaga ko'ra, shartlar bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichda. U "Inter"ni erkin agent maqomida tark etdi.
Shartnoma yana 12 oyga uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga imzolanishi mumkin. Yaqin 24 soat ichida 35 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yang 2006 yildan 2011 yilgacha "Aston Villa"da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174