Evro-2020. Ukraina turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Evropa chempionati 2-turidan o'rin olgan Ukraina hamda Shimoliy Makedoniya jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan bahs o'z yakuniga etdi.
O'yin 2:1 hisobida ukrainlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Andrey Yarmolenko va Roman Yaremchuk birinchi bo'limda ketma-ket ikkita gol urib, Ukrainani hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa Ezjan Alioski hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
O'yin yakunlanishi arafasida VAR ukrainlar foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi, biroq Ruslan Malinovskiy penaltini golga aylantirolmadi.
Ukraina – Shimoliy Makedoniya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 29 Yarmolenko, 2:0 – 34 Yaremchuk, 2:1 – 57 Alioski.
Ukraina – Bushchan, Zabarniiy, Mikolenko, Karavaev, Matvienko, Shaparenko (Sidorchuk, 78), Zinchenko, Stepanenko, Malinovskiy (Sobol, 90), Yarmolenko (Tsigankov, 70), Yaremchuk (Besedin, 70).
Shimoliy Makedoniya – Dimitrievski, Velkoski (Trichkovski, 85), Musliu, Ristovski, Alioski, Ademi (Ristevski, 85), Nikolov (Traykovski, 46), Bardi (Avramovski, 77), Spirovski (Churlinov, 46), Elmaz, Pandev.
Ogohlantirishlar: Shaparenko (43), Velkoski (59), Avramovski (83).

Bosh sahifaga
170