Eriksenning holati bo'yicha bayonot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

UEFA tibbiyot xodimi Ens Kleinefeld Daniya yarimhimoyachisi Kristian Eriksenning yurak xurujiga uchraganidan keyin birinchi so'zlari haqida gapirdi.
«Kristian o'ziga kelganida, u ko'zlarini ochdi va men bilan gaplasha boshladi. Men undan ingliz tilida aytdim: "Siz shu erdasiz, xayotga qaytdingiz".
U Ha, men shu erdaman deya javob berdi. Va keyin u qo'shib qo'ydi : "Jin ursin, men atigi 29 yoshdaman. Bunday bo'lishi mumkin emas", - deya shifokorning so'zlarini keltiradi Bild.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 Finlyandiyaga qarshi o'yinda yarimhimoyachi maydonda hushidan ketgan. Futbolchining yuragi to'xtadi, ammo shifokorlarning o'z vaqtida bergan yordami uning hayotini saqlab qoldi.
Endi Eriksen yuragidan operatsiya qilinishi kerak.

Bosh sahifaga
266