Lokatelli Ronalduning harakatini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

Italiya terma jamoasi Evropa chempionatining guruh bosqichi o'yinida Shveytsariyani mag'lub etdi (3:0).
Uchrashuvda dubl qayd etgan italiyalik yarimhimoyachi Manuel Lokatelli matbuot anjumaniga bir shisha suv bilan kirib keldi. Futbolchi stol ustida turgan kolani chetga surib, suvni oldiga qo'ydi.

Oldinroq Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Vengriya bilan o'yin (3:0) oldidan xuddi shunday harakatni amalga oshirgan edi. Bir necha kundan so'ng frantsuz yarimhimoyachisi Pol Pogba alkogolsiz alkagolsiz pivoni stoldan olib tashladi.
Shveytsariyani mag'lubiyatga uchratgan italiyaliklar olti ochkoni qo'lga kiritishdi va "A" guruhida peshqadamlik qilishdi. Roberto Manchini shogirdlari birinchi bo'lib Evropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqishdi. So'nggi turda Italiya 20 iyun kuni Uelsga qarshi o'ynaydi.

Bosh sahifaga
289