So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston kurashni qay tarzda davom ettiradi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195
Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi musobaqalari yo'llanmalari uchun qo'shma saralashining ikkinchi bosqichi yakuniga etdi. Unda milliy terma jamoamiz ham ishtirok etdi va o'z guruhida 2-o'rinni egallab, Jahon chempionati uchun kurashni shu erda to'xtatishga majbur bo'ldi. O'zbekiston esa endi faqatgina Osiyo chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
Yakunlangan ikkinchi bosqich saralash o'yinlari natijalariga binoan, sakkizta guruh g'oliblari hamda eng yaxshi natija qayd etgan 4ta ikkinchi o'rin egalari uchinchi saralash tsikliga qadam qo'yishdi. Ushbu bosqichga yo'l olgan o'n ikkita (mezbon — Xitoy terma jamoasini hisobga olganda — 13ta) jamoa to'g'ridan-to'g'ri 2023 yilgi Osiyo kubogi yo'llanmasi egasiga aylandilar. O'zbekiston esa so'nggi o'yindagi mag'lubiyati sababli, ikkinchi o'rinlar orasida umumiy hisobda 7-pog'onani egallab, qo'shimcha to'rtta (amalda beshta) yo'llanma egalari ro'yxatidan joy ola bilmadi.
2023 yilgi Osiyo kubogi uchun saralash bahslari 2022 yil 1 fevralidan 2022 yil 27 sentyabriga qadar davom ettiriladi. Aslida 2020/2021 yilgi mavsumlar davomida o'tkazilishi kerak bo'lgan o'yinlar, Osiyodagi pandemiya holati tufayli qoldirilgan edi. Ushbu saralash tsiklida jami 24 ta jamoa (16 tasi 2-bosqich saralash o'yinlaridan o'tgan, 8 tasi pley-off bahslaridan o'tadigan jamoalar) qatnashishi ko'zda tutilgan. Unda jamoalar 4tadan 6ta guruhga bo'linishadi. Termalar uy-safar tizimida o'zaro 2 martadan to'qnash kelishadi.
Ular to'rtta jamoadan iborat, 6 ta guruhga bo'linishadi. So'ngra, shu zaylda Osiyo chempionati final bosqichi uchun kurashni davom ettiradilar. Har bir guruhdan 2 ta eng yaxshi natija egalari qit'a chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Guruhlardagi ikkinchi o'rinlar orasida eng yomon natija qayd etgan bitta jamoa, OFK qaroriga ko'ra, guruhda qolib ketadi. Chunki, ikkinchi bosqichdan o'tgan jamoalar soni 12 ta emas, balki 13 ta saralashdan o'tgan hisoblanishadi. Ular yaqinda yakuniga etgan – 2-bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan o'n uchta terma jamoalar safiga qo'shilishadi. Shunda, jami 24 ta Osiyoning eng yaxshi jamoalari saralanib, ular Xitoydagi turnirda qantashish huquqini qo'lga kiritadilar.
Shuni ham aytib o'tishimiz kerakki, Osiyo kubogi uchun saralash pley-off bosqichi bahslariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Unda terma jamoalar FIFA tasnifidagi o'rinlariga ko'ra, savatchalarga joylanishadi. O'zbekiston bu borada qolgan jamoalar ichida shu kecha-kunduzda eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi (86-o'rin) va shu sababdan, birinchi savatchadan joy oladi.
Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.