Buffon ertaga shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon professional futbolchilik faoliyatini boshlagan "Parma"ga qaytishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Sikira o'z tvitter sahifasida xabar bermoqda.
43 yoshli futbolchining shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilishi kutilmoqda. Shartnoma imzolanishi 17 iyun payshanba kuni e'lon qilinadi. Buffonning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni o'z nihoyasiga etadi. Darvozabon "Parma"ga erkin agent sifatida o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Janjuiji 1991 yildan, 2001 yilgacha "Parma" safida to'p tepgan va klub bilan birgalikda Italiya kubogi va superkubogi hamda UEFA kubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237