"Men sizlarning albaniyalik otangiz". Arnautovich bir o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Xitoyning "Shanxay" va Avstriya terma jamoasi hujumchisi Marko Arnautovichga nisbatan UEFA hukm chiqardi.
Futbolchi bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Uning Shimoliy Makedoniyaga qarshi Evro-2020 musobaqasining 1-tur uchrashuvidagi harakatlari (3:1) , ya'ni "boshqa o'yinchini haqorat qilish" holati kuzatilgan.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvda Arnautovich gol kiritgandan keyin, millati albaniyalik bo'lgan Shimoliy Makedoniya futbolchilari Egzon Beytulai va Ezjan Alioskini haqorat qilganlikda ayblangan (OAV yozganidek, Arnautovich ularga qarata: "Men sizning albaniyalik otangiz").
Keyingi Evro-2020 uchrashuvlarida, Avstriya terma jamoasi Niderlandiya bilan to'qnash keladi. Arnautovich, ushbu o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bosh sahifaga
274