Evro-2020. Ilk turning esda qolarli onlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Evro-2020 turnirining ayni damda birinchi tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi. Mazkur turda biz bir qator qiziqarli o'yinlar guvohi bo'ldik. Shuningdek, turning ilk haftasidayoq turli xil rekordlar qayd etildi va kutilmagan hodisalar ro'y berdi. Hozir esa sizlar bilan ilk turning eng esda qolarli onlarini eslab o'tamiz.
Engilmas Italiya
Musobaqaning ochilish o'yinida Italiya terma jamoasi Turkiyani yirik 3-0 hisobida mag'lub etdi. Garchi, ushbu o'yin faqat bir jamoaning ustunliga o'tgan bo'lsa ham, eslashga arzigulik bir qator voqealar sodir bo'ldi. Bular Italiyaning so'nggi Evropa chempionatlarida 2tadan ortiq gol urolmay kelishi an'anasining barham topishi, shuningdek, "Skuadra Adzurra"ning 28 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasini eslab o'tish zarur.

Eriksen voqeasi
Dunyoni larzaga solgan mazkur voqea butun futbol ommasi e'tiborini tortdi va qayg'uga soldi. O'yin payti uning yuragi urmay qolishi, daniyalik futbolchilarning ko'z yoshi, o'yinning vaqtincha to'htatib qo'yilishi, hammasi qayg'uli, ammo futbolga bo'lgan muhabbatimizga zarracha putur etkazmadi, chamamda. Boisi, ayni shu pallada butun dunyo daniyalik yarim himoyachini qo'llab-quvvatladi. Futbolchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali unga atalgan postlar qoldirishdi va o'z gollarini unga bag'ishlashdi. UEFA ham bu pallada jim turmadi. Uni o'sha bahsning eng yaxshi o'yinchisi deb topdi va assotsiatsiyaning rasmiy sahifalarida ham Kristianga sog'lik tilab, uning holati haqida doimiy bayonot berib turildi. O'yin payti Finlyandiya ishqibozlari futbolchining ismini jo'r bo'lib aytgani esa ushbu mintaqada muxlislik madaniyatining qanchalik yaxshi darajada ekanlinini ko'rsatmoqda. Ayni vaqtga kelib, uning holati ancha yaxshilanib qoldi va u hozir butun dunyoning unga bo'lgan e'tiboridan xursand bo'layotgan bo'lsa kerak. Chindan ham, xursand bo'lsa arziydigan darajada mehr-muruvvat.

Turning super goli
Chexiya terma jamaosi o'zining ilk turdagi o'yinini Shotlandiyaga qarshi o'tkazdi. Mazkur bahsda chexlar etakchisi Patrik Shik hisobni ochdi. Hisobni 2-0 ko'rinishiga ham aynan u keltirdi, ammo bu shunchaki gol emas edi. 45 metr uzoqlikdan urilgan gol Evropa chempionatlari tarixiga kirdi. Masofa olisligi bo'yicha ushbu gol ayni dam bu turnirda tengsiz. Shuningdek, zarbaning traektoriyasi ham shunchaki ajoyib edi.

Yangi to'purar
Portugaliya termasi sardori etakchisi, to'purari ushbu turning o'zidayoq ikta rekord muallifiga aylandi. Evro-2020 turniri u uchun beshinchi Evropa chempionati sanaladi. Bu safargi ishtiroki evaziga u rekord natijani qayd etdi. Shuningdek, Vengriyaga qarshi o'yinda u 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va turnir tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Ba'zan Ronalduga nisbatan tanqid toshlari otiladi, ammo u kimligini va hamon o'z o'z darajasida harakat qilayotganini isbotlashdan to'xtamayapti.

Manba: Stadion.uz

Bosh sahifaga
211