Manba: Holand "Chelsi"ga o'tadi. London klubi taklifga o'zgartirish kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Holand faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra londonliklar norvegiyalikning transferi bo'yicha nemis klubiga birinchi taklifni bildirishgan. Ular shartnomaga forvardi Timmi Abrahamni kiritishga va 70 million evro to'lashga tayyor.
Holand "Borussiya"da 2020 yil yanvaridan beri o'ynab kelmoqda, uning shartnomasi 2024 yil iyun oxirigacha amal qiladi.
O'tgan mavsumda 20 yoshli futbolchi 41ta o'yin o'tkazib, 41ta gol urgan va 12ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Oldinroq Holandning agenti Mino Rayola futbolchini boshqa klubga o'tkazish ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188