Pogba haqliroq edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Kecha Evropa chempionatining "F" guruhidan o'rin olgan markaziy bahs doirasida Frantsiya Germaniyani kichik hisobda taslim etdi (1:0).
Ushrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida "uchranglilar" etakchilaridan biri Pol Pogba e'tirof etildi. Biroq bu ko'pchilikning noroziliklariga ham sabab bo'ldi.
Quyida Pol maydonda amalga oshirgan statistikani e'tiboringizga havola etamiz. Bu uning o'yinning eng yaxshisi maqomiga loyiq ekanligini isbotlaydi.
Pogbaning harakatlari raqamlarda:
82% passlar aniqligi.
74 marta to'pga teginish — 3 tasi jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyatga sabab bo'lgan.
12 marta to'pni raqibdan olib qo'yish
4 marta pass jarima maydoni ichiga
4 marta fol ishlab olgan
3 marta aldab o'tishga urinish
3 tasi aniq
3 marta raqib hujumlarini buzgan
2 ta muvaffaqiyatli fint
1 ta zarba.
Bu Pogbaning maydonda eng ko'p qora ishlarni amalga oshirganini anglatadi.
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
219