Portugaliya - Vengriya bahsi eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Portugaliya terma jamoasi Evropa chempionati guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida Vengriyani mag'lub etdi (3:0).
Ushbu uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu deb topildi. Hujumchi mazkur bahsda dubl qayd etgan edi. Vengerlarga qarshi o'yinda u turnir tarixidagi eng yaxshi to'purar, Evropaning beshta chempionatida o'ynagan birinchi futbolchi, shuningdek, yirik turnirlardagi o'yinlar soni bo'yicha rekordchiga aylandi.
Ushbu g'alabadan so'ng Fernandu Santush jamoasi 3 ochkoni qo'lga kiritdi va "F" guruhida 1-o'rinni egallab turibdi Keyingi turda Portugaliya Myunxenda Germaniya bilan o'ynaydi. Ushbu uchrashuv 19 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280