"Yuve"ga "Bavariya" futbolchisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Jurnalist Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, "Yuventus" yozgi transfer oynasida yarim himoyani kuchaytirmoqchi. "Sassuolo"dan Manuel Lokatelli turinliklar uchun ustuvor variant bo'lib qolmoqda, ammo "Yuventus" yaqinda "Bavariya" bilan yarim himoyachi Korantin Tolisso transferi borasida aloqada bo'lgan.
Ma'lum bo'lishicha, "Yuventus" anchadan buyon frantsuzni qo'lga kiritmoqchi bo'lgan. Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida yakuniga etadi.
O'tgan mavsumda Tolisso Bundesliganing 16 uchrashuvida 1 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209