Sautgeyt Angliya terma jamoasining ichki muhiti haqida to'xtalib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Jeydon Sancho va Ben Chiluell Xorvatiyaga qarshi o'yin qaydnomaga kiritilmagani uchun qanday javob qaytarishgani haqida aytib o'tdi.
«Tanlovga professional munosabatda bo'lishgani uchun muammo bo'lgani yo'q. Ular jamoa uchun katta ehtirom ko'rsatishdi. Zaxirada qolgan, ammo o'yinga tushmagan futbolchilar ham shunday yo'l tutishdi.
Jamoa ichidagi muhit yaxshi bo'lishi lozimligini bilamiz. Bu muvaffaqiyat uchun zarur», — dedi Sautgeyt.
Jamoa guruh bosqichidagi ikkinchi o'yinini 18 iyun kuni Shotlandiya termasiga qarshi o'tkazadi.
Manba: The GuardianFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173