"Xayriya futbol uchrashuvi" - biz onkologiya bilan kasallangan bolalarga birgalikda yordam beramiz!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

15 iyun kuni soat 18:00da Toshkent xalqaro maktabi hududida, O'zbekiston tarixida birinchi bo'lib "Paxtakor" va "So'g'diyona" ayollar jamoalari o'rtasida xayriya futbol uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Zamonaviy agro-klaster "Silverleafe" ko'magida "Ezgu Amal" fondi professional ayollar futbol jamoalari ishtirokida mamlakatdagi birinchi xayriya uchrashuvini tashkil qilmoqda. Tadbirdan yig'ilgan barcha mablag'lar, shuningdek sheriklarning homiylik yordami bevosita fondning qaramog'ida bo'lgan o'tkir onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni davolashga sarflanadi.
Voqealar dasturi:
18:00 - Tadbirning ochilishi
18:15 - 19:15 - "Paxtakor" va "So'g'diyona" ayollar jamoalari o'rtasidagi futbol uchrashuvi
19:30 - 21:00 - tadbirning barcha mehmonlari uchun ziyofat,
"Silence" guruhining chiqishlari, sherik kompaniyalar taqdimotlari
21:00 - 21:30 - Tadbir yopilishi. Mablag' yig'ish natijalarini sarhisob qilish.
Chiptalarni ushbu havola orqali sotib olishingiz mumkin:
https://ezguamal.org/projects/charitymatch/

Bosh sahifaga
223