Evro-2020. "D" guruhidagi vaziyat qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

Futbol bo'yicha Evropa chempionatining "D" guruhida ham 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Kecha Angliya terma jamoasi "Uembli"da Xorvatiya terma jamoasi ustidan minimal 1:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, bugun Chexiya Shotlandiya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvlardan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha ko'rinish oldi. Chexiya 3 ochko to'plagan holda, to'plar nisatiga ko'ra birinchi o'rindan joy oldi. Angliya esa ikkinchi o'rinni egallagan. Keyingi o'rinlar mos ravishda Xorvatiya va Shotlandiya termasiga nasib etgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259