So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Donnarumma: "Hali hech narsa aniq bo'lgani yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma Turkiya ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) mamnun. Biroq, italiyalik kiper uchun turnirda hech narsa hal qilinmadi.
“Yaxshi boshlash muhim edi. Biz ajoyib uchrashuv o'tkazdik. Ammo endi keyingi janglarda ham shunday qilish uchun shunday ishonchli o'yin namoyish etishimiz, ko'p mehnat qilishimiz va mashg'ulotlarimni davom ettirishimiz kerak.
Rimda ajoyib atmosfera bo'ldi. Biz muxlislarni va ular bizga ko'rsatadigan muhabbatni juda sog'indik. Umid qilamizki, bu faqat boshlanishi. Italiya terma jamoasi biz uchun katta ahamiyatga ega. Biz ushbu formani faxr bilan kiyamiz.
Umid qilamizki, oxirigacha boramiz. Ammo, biz hali hech narsani hal qilmaganmiz. Turkiya ustidan juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Endi bizga Shveytssariya terma jamoasiga qarshi yaxshi o'ynash, yaxshi tayyorgarlik ko'rish va g'alaba qozonishga harakat qilish kerak bo'ladi.
Shveytsariya - futbolni yaxshi o'ynaydigan ajoyib jamoa. Ular hujum uslubiga ega va biz 90 daqiqa davomida juda ehtiyotkor va diqqatli bo'lishimiz kerak. Biz birinchi o'yindagidan ham ko'proq diqqatni jamlashimiz kerak », - dedi Donnarumma UEFA matbuot xizmatiga.