EVRO-2020'ning dastlabki uch kunidan kichik xulosalar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Kristian Eriksen qulaganda g'alati hislarni tuydim.
Sharhda edim. Minglab, balki millionlab insonlar uchun vaziyatni izohlab borishim kerak edi-yu, lekin so'z kelishi qiyin kechdi. O'ta qiyin. Hozircha bu mening uchun Evropa chempionatidagi eng yodda qolarli voqea bo'lib qolaveradi.
Ammo, albatta boshqa voqelar ham bor. Qisqacha ularga to'xtalib o'taman.
O'zgarayotgan Italiya. Bu haqda mana bu erda yozdim ham. Roberto Manchining jamoasining ikkinchi o'yinini ko'rishni intiqlik bilan kutayapman. Zotan, Italiyaliklar turklarning fonida juda yorqin ko'rindi. Aslida ham shundaymi, yo'qmi buni aniqlash uchun vaqt kerak.
Darvozabonlar chempionati. Finlandiya darvozaboni Lukash Gradetski, Uels vakili Denni Uord, Ukraina a'zosi Georgiy Bushan, Shveytsariya futbolchisi Yan Zommer... bular uch kun davomida meni o'z o'yini bilan xayratlantirgan darvozabonlar. Seyvlar ko'p va bir-biridan go'zal. Ular safiga hali yana bir necha nom qo'shilsa kerak.
Nomlar: Lorentso Insine (Italiya), Brel Embolo (Shveytsariya), Romelu Lukaku (Belgiya), Kelvin Fillips (Angliya), Aleksandr Ermolenko (Ukraina) – bular hozircha ajratib qo'yganlarim. Ularning orasidan eng yoqqani esa Kelvin Fillips bo'ldi.
Bugungi o'yinlarda hamkasblarim ishlaydi. Bugun ispanlar start olishadi. Bugun men kichik simpatiya bildiradigan Chexiya o'yin o'takazadi. Zo'r o'yinlar, xullas.
Manba: t.me/tolipovuz
Bosh sahifaga
249