Enrike: "Boshlang'ich tarkibni shakllantirganman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Evro-2020 guruh bosqichining 1-turida Shvetsiya bilan o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Uchrashuv uchun boshlang'ich tarkib mening hayolimda ozmi-ko'pmi shakllangan. Ammo har doim ham biron bir narsa yuz berishi mumkin - kimdir jarohat oladi, o'zini yomon his qiladi. O'yin taktikasini muhokama qilgandan so'ng, boshimdagi hamma narsa tinchlanib qoladi. Biz eng yoqimli onni boshdan kechirmoqdamiz. Biz stadionga kelamiz, shu muhitdan nafas olamiz ...
O'yinchilarim men ulardan so'ragan narsani mukammal tushunganliklarini aytishsa, xursandman. Ammo ular maydonda xuddi shunday o'yin namoyish etishsa, menga bundan ham ko'proq yoqadi, - dedi Enrike.
Ispaniya - Shvetsiya uchrashuvi 14 iyun, dushanba kuni soat 00:00da (Toshkent vaqti bilan) bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
249