De Yong Niderlandiyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202
«Sevilya»ning gollandiyalik hujumchisi Lyuk de Yong yozda PSVga o'tishi mumkin, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira o'zining tvitterida.
Manbaga ko'ra, Gollandiya klubi hujumchiga uch yillik shartnoma taklif qilgan. Ammo, PSV hali ham Sevilya shahri bosh jamoasi bilan kelishishi kerak, klub bilan de Yong 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.
O'tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi «Sevilya» tarkibida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuv o'tkazib, to'qqizta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.
Ta'kidlash joizki, de Yong allaqachon PSV tarkibida 2014-2019 yillar davomida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!