Frantsiya terma jamoasining bir qancha futbolchilari safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Frantsiya terma jamoasining hujumchilari Karim Benzema va Antuan Grizmann terma jamoaning umumiy guruhida mashg'ulotlarga qaytishdi.
Eslatib o'tamiz, Benzema o'tgan hafta o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan bo'lsa, Grizmann esa tizzasidan olgan jarohatini tiklash bilan ovvora edi. Shuningdek, Dide Deshamning bugungi mashg'ulotiga bir haftaga safdan chiqqan himoyachi Rafael Varan va juma kuni yuzidan engil jarohat olgan Kurt Zuma ham qatnashdi.
Evro-2020 guruh bosqichining 1-turida Frantsiya terma jamoasi Germaniya bilan o'ynaydi. O'yin 15 iyun kuni Myunxenda bo'lib o'tadi va soat 00:00da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255