Alaba: "G'alaba qozonish muhim edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba Evro-2020 guruh bosqichidagi Shimoliy Makedoniya (3:1) jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin, fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
28 yoshli futbolchi bitta golli uzatma berdi va "uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.
- Biz xursandmiz, chunki birinchi o'yinda g'alaba qozonib, ushbu musobaqani muvaffaqiyatli boshdik. Eslasangiz, Evro-2016 musobaqasini yaxshi boshlay olmadik. Bizda katta salohiyatga ega yaxshi jamoa bor. Bugun buni zaxiradan maydonga tushgan va gol urish imkoniyatiga ega bo'lgan ikki yigit misolida ko'rish mumkin. Bu biz uchun juda muhim edi, - deydi Alaba.
Avstriyaliklar navbatdagi o'yinda Niderlandiya termasiga qarshi bahs olib borishadi.

Bosh sahifaga
219