"Navbahor" sobiq murabbiyi Angliya terma jamoasining g'alabasi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Namanganning "Navbahor" jamoasi sobiq bosh murabbiyi va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Evro-2020 guruh bosqichining birinchi o'yinida Angliyaning Xorvatiya ustidan qozongan g'alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi.
«Angliya g'alaba qozonadi deb o'ylardim. Birinchi o'yin har qanday jamoa uchun juda muhimdir. Odatda inglizlar juda ko'p muxlislar qarshisida o'ynashgan. Ular Evroda ham stadionlar to'lishini kutishgandi. Ammo hozir shunday vaqt. Angliya terma jamoasining o'yini unchalik ta'sirchan bo'lmagan, ammo ular 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Har holda, musobaqani g'alaba bilan boshlash har qanday jamoa uchun juda muhimdir», - dedi Kanchelskis.
Keyingi turda Angliya Shotlandiya bilan o'ynaydi, Xorvatiya Chexiya termasi bilan uchrashadi. Ikkala uchrashuv ham 18 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
282