Enrike: "Ispaniya terma jamoasi Evro-2020 favoriti emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Evro-2020 guruh bosqichining 1-turida Shvetsiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz musobaqaning favoriti emasmiz. Asosiy favoritlar amaldagi chempionlardir. Yana olti-etti jamoa o'zlarini ushbu kubok uchun da'vogar deb hisoblashlari mumkin. Agar odamlar bizni ushbu guruhga qo'shishsa, xursandman. Men bu mas'uliyat yukini qabul qilaman. Portugallarga qarshi o'yinimiz menga yanada turtki beradi.
Mashg'ulotlardagi shiddatni ko'rib, biz musobaqaga tayyormiz deb o'ylayman. Yigitlar qanday fidoyilik bilan shug'ullanayotganini ko'ryapman. Murabbiy sifatida ularni maqtashim va "Bolalar, ishni davom ettiring!", deb aytishishim kerak", deydi ispaniyalik mutaxassis

Bosh sahifaga
225