Og'ir atletikachilarimiz Tokio-2020 Olimpiadasiga to'liq tarkibda yo'llanma olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Ma'lumki, poytaxtimizda o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng og'ir atletika bo'yicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamg'arish davri yakunlangan.
Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi reyting orqali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan sportchilar nomini e'lon qildi.
O'zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 2+2 ko'rinishida 4 ta yo'llanma berilgan edi. Quvonarlisi, jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi.
Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo'raev (-109 kg), qizlarimizdan Muattar Nabieva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullaeva (-76 kg) Tokio-2020 yo'llanmalariga sazovor bo'lishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245