Marseloga APL klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Everton" va "Lids" qiziqish bildirmoqda. Marseloning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil iyunida yakunlanadi.
Oldinroq "Real Madrid" rahbariyati 33 yoshli futbolchi bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Transfermarkt Marseloni 7,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258