So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evro-2020. Angliya - Xorvatiya: tanish chehralar. O'zaro o'yinlarda kim ustun? Raqamlar so'zlaganda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128
Bugun Evropa chempionati navbatdagi uchrashuvlari doirasida barchaning e'tibori "D" guruhi bahslariga qaratiladi. Undagi markaziy bahs Angliya va Xorvatiya jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Stadion.uz doimgidek ushbu qarama qarshilikka oid ayrim fakt va statistikalarga to'xtalishda davom etadi.
• Angliya va Xorvatiya jamoalari shu paytgacha jami 11 marta o'zaro to'qnash kelishgan. Ulardan 5 tasida inglizlar va 3 tasida xorvatlarning ustunligini ko'rish mumkin.
• Angliya Evropa chempionatlarida bu kabi stabil tarkibi bilan anchadan beri o'ynamayotgandi. Jamoaning mundialdagi eng yaxshi natijasi 1996 yilgi qit'a chempionatida yarim final bo'lgan.
O'shanda «uch sherlar» bo'lajak chempion Germaniyaga penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchragandi. Qayd etish kerak, o'sha turnirda musobaqa to'purari sovrini Alan Shirerga topshirilgan - 5 gol.
• Bugungi Angliya tarkibida qo'rqinchli strayker Harri Keyn mavjud. U musobaqa kvalifikatsiyasida 12 gol bilan to'purarlikni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari Keyn muqaddam Jahon chempionatida ham o'z goleadorligini namoyish etgandi. U o'shanda 6 ta gol bilan mutlaq tengsiz bo'lgan.
• Bu jamoalar 2018 yildan buyon 4- marta o'zaro maydonga tushishlari. Eng qizig'i, o'sha so'nggi uchrashuvlarning 3 tasi ham 2018 yili bo'lib o'tgan.
Dastlab Xorvatiya Jahon chempionati-2018 yarimfinal bosqichida 2:1 hisobida raqibidan ustun kelgan bo'lsa, navbatdagi bahslarda inglizlar biror marta ham imkoniyatni boy berishmagan: bir g'alaba va bir durang. Uchrashuvlar Millatlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan.
• Har ikkala jamoa ham so'nggi 10 uchrashuvning 7 tasida kamida bittan gol urib kelmoqda. Demak, bu degani biz bugun zerikarli uchrashuv guvohi bo'lmaymiz.
• Angliya Evropa chempionati saralash bosqichining guruh bahslarida xabaringiz bor, beshtalik tizimdan joy olgandi. «Uch sherlar» kvalifikatsiyada bu borada eng ko'p gol urgan jamoa hisoblanadi - 37. Albatta bu jamoaning kuchli hujum chizig'iga ega ekanini ifodalaydi.
Buning ustiga tarkibda APL to'purari Harri Keyn harakatlanar ekan, istalgan jamoa uchun ushbu faktor boshog'riq bo'lishi tabiiy. Faqatgina inglizlardan ikkita o'yin ko'proq o'tkazgan Belgiya bu borada ulardan ustunroq. Roberto Martines shogirlarining hisobida jami 40 ta gol bor.
• Angliya o'zi qatnashgan katta mundiallar guruh bahslarining so'nggi 6 tasida umuman mag'lubiyatga uchramagan. Buning ustiga bugungi bahs muhtasham «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi.
• Angliya va Xorvatiya o'rtasidagi so'nggi 3 bahsning 2 tasida g'alabalar kambeklar evaziga qo'lga kiritilgan.
• Oxirgi katta mundial - Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida Harri Keyn eng ko'p penaltilarni ijro etgan - 3.
• Angliya Evropa chempionatidagi so'nggi 3 ta o'yinida eng kamida 4 ta gol urib kelmoqda.
• «Uch sherlar» shuningdek, qit'a chempionatidagi so'nggi 9 ta uchrashuvda 2,5 tadan ko'p miqdorda gol urib kelyapti.
• Angliya Evropa chempionatlarida so'nggi 34 ta bahsdan 32 tasida umuman mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
• Jamoa o'yinning har ikkala bo'limlarida ham g'alaba qozonadigan kam sonli termalardan biri. Inglizlar musobaqaning oxirgi 8 ta bahsining 7 tasida har ikki bo'limlarda ham g'alabani ushlab qolishning uddasidan chiqqan.
• Angliya Evropa chempionati doirasidagi so'nggi 3 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.
• Angliya Xorvatiyaga qarshi so'nggi 4 ta o'zaro uy o'yinida raqiblari darvozasiga 2,5 tadan ko'p gol urib kelmoqda.
• Xorvatiya Evropa chempionati doirasidagi 6 ta uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramay kelmoqda.
• Angliya Xorvatiyaga qarshi so'nggi 5 o'yinda mag'lubiyatga uchramagan.
• Angliya so'nggi o'tkazgan uchrashuvlar natijasi bo'yicha o'zi joylashgan D guruhida yaqqol favoritga aylanadi. Jamoa oxirgi o'tgan 6 bahsning barchasida g'alaba qozongan.
• Angliya shu paytgacha o'tgan Evrolarning ochilish bahslarida yaqin o'tmishda biror marta ham g'alaba qozona olmagan (8 durang, 3 mag'lubiyat).
• Aksincha Xorvatiya mundialdagi ochilish bahslarining so'nggi 5 tasidan 4 tasini o'z foydasiga hal qilgan.
• Xorvatiya Evro ochilish uchrashuvlarida odatda birinchi bo'lib gol o'tkazib yuboradi. Jamoa so'nggi 5 ta bahsdan 4 tasida birinchi bo'lib o'z darvozasidan to'p olib chiqqan.
Yusufbek Saydaliev tayyorladi
Manba: stadion.uz