Beyl: "Asosiy maqsad guruhdan chiqish"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl kecha start olgan musobaqa haqida o'z fikrlarini bildirdi. Terma jamoa uchun guruhdan chiqish muhim. Biroq, uelsliklar uchta qiyin raqibdan o'tishlari kerak.
“Bizda juda ko'p yosh futbolchilar borligi juda yaxshi. Keksa avlod ularga qulay sharoitlarda yordam berishdi. Biz yoshlarga jamoada hamma narsa qanday ishlashini tushuntirdik. Birinchi navbatda biz guruh bosqichiga e'tibor beramiz. Maqsad - guruhdan chiqib, ishtirok etishni davom ettirish", - dedi Beyl.
Uels bugun Shveytsariyaga qarshi o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168