Mourino: "Evro-2020 Mbappe uchun atalishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino "PSJ" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi.
«Men Mbappeni birinchi marta ko'rganimda uning o'yiniga qoyil qolganman. Evropa chempionati Mbappe o'z so'zini aytadigan turnirga aylanadimi? Umid qilamanki, ha.
"Barselona"da yordamchi murabbiyning bo'lganimda, Ronaldoning o'yiniga shunday qoyil qolganman. Uning ba'zi gollari esimda. Afsuski, "so'yloq" dahshatli jarohatlar tufayli o'zinining yanada yorqinroq o'yinlarini ko'rsata olmadi.
Bu Ronaldu aqlbovar qilmaydigan edi. Menimcha, Mbappeda Ronaldoga o'xshash narsa bor. Bilaman, Kilian allaqachon jahon chempioni bo'lgan, ammo mushtini stolga urib, uni eng zo'r deb aytish vaqti keldi. Frantsuzda aql bovar qilmaydigan salohiyat bor. Qachon Mbappe eng kuchlisi bo'ladi? Raqiblar unga qarshi o'ynashdan qo'rqishadigan payt», - dedi Mourino.

Bosh sahifaga
193