"Arsenal" o'z futbolchisini tarkibda saqlab qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Arsenal" himoyachi Kiran Tirni bilan shartnomasini uzaytirmoqchi, deb xabar bermoqda ingliz nashrlari. Manbaga ko'ra, "kanonirlar" 24 yoshli shotlandiyalik bilan yangilangan shartlar bo'yicha kelishuv to'g'risida allaqachon muzokara olib borishmoqda.
Klub kelgusi yillarda futbolchini ishonchli poydevor o'yinchisi deb biladi va uning etakchilik mahoratini qadrlaydi. 2020/21-yilgi mavsumda Tirni "Arsenal" tarkibida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 32 million evroga baholamoqda. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2024-yil iyun oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239