Buffon La liga granjlari safiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri tomonidan xabar berilgan. Manbaning xabariga ko'ra 43 yoshli italiyalik kiperni "Atletiko" va "Barselona" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, mumkin bo'lgan variantlardan yana biri - bu Buffon o'z faoliyatini boshlagan "Parma" hisoblanadi.
Manbaga ko'ra, "Barselona" Buffonga jamoaning ikkinchi darvozaboni bo'lishni taklif qilgan, ammo futbolchi rad javobini bergan. Buffon mavsumning katta qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazishni istamaydi va unga ko'proq o'yin vaqti beradigan klub topishini kutmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258