Rim. «Olimpiko»: Immobili uchun uydan yaxshiroq joy yo'q!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Kecha Italiya terma jamoasi Turkiyani yanchin tashlagan oqshom «skuadra adzurra» hujumchisi Chiro Immobili uchrashuvning eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida qayd etildi.
U o'yin davomida eng ko'p ball ishlab olishga muvaffaq bo'ldi - 8.57. Buni qayd etish uchun Chiro bir gol va shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Qiziqarli tomoni, uning o'z uy stadioni - «Olimpiko»da erishayotgan natijalari tahsinga sazovor. Immobili bu erda 2019 yildan beri jami 45 ta uchrashuv o'tkazgan va ularda 38 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol etgan. Bu shunchaki ajoyib ko'rsatkich. Bundan tashqari italyan o'zi qatnashgan so'nggi 5 ta o'yinnning 4 tasida gol urdi.
Immobili uchun uydan yaxshiroq joy yo'q!
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253