So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evropa chempionatida qatnashayotgan braziliyaliklar yoxud braziliyalashgan Evro-2020
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
Ba'zi braziliyaliklar o'z uylaridan minglab chaqirim narida o'z faoliyatini qurishmoqda. Ular Evropada to'p tepishni va ko'hna qita klublarida to'p tepishni orzu qilishadi. Garchi, braziliya klublari u darajada kuchli bo'lmasada, terma jamoaning holati havas qilsa arzigudek holatda. Shuningdek, mazkur terma jamoaning asosiy tarkibidan joy olishning o'zi qiyin masala. Shu sababli, ko'pchilik futbolchilar o'zlari faoliyat olib borayotan davlat fuqaroligini olib, terma jamoa o'yinidan bahramand bo'lishadi. Bugun boshlanadigan Evropa Chempionatida ham ular kamchilik emas. 7 ta "pentakampeonlar" Evro-2020da ishtirok etadi va bu turnir tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Aslida, Evropa chempionatlarida braziliyalik futbolchilar soni tobora o'sib bormoqda: 2004 yilda bitta Deko bor edi, 2008 va 2012 yillarda - uchtadan braziliyalik qatnashgan bo'lsa, oltita braziliyalik Evro-2016da o'ynagan. Bu safar esa ularning soni yana bittaga oshdi.
Shuningdek, jamoaviy rekord ham bor: Italiya terma jamoasida birdaniga uchta braziliyalik futbolchi harakat qilgan paytlar ham bo'lgan.
Ikki braziliyalik esa allaqachon Evropa chempioniga aylangan. Bular: Markos Senna Ispaniya termasi bilan Evro-2008da va Pepe Portugaliya termasi bilan 2016 yilgi musobaqada.
Demak, hozir Evro-2020ning barcha braziliyaliklari bilan tanishib chiqamiz:
Pepe (Portugaliya) Alagoas shtati Maseyo shahri
Pepe - Portugaliya terma jamoasining uzoq vaqtdan buyon to'p tepib kelayotgan o'yinchilaridan biri. Bugundan boshlab Evropa chempionati 38 yoshli himoyachi uchun faoliyatidagi to'rtinchisi bo'ladi va mazkur jamoadagi o'yinlar soni bo'yicha (115) u Krishtianu Ronaldu, Joau Moutino va Luis Figudan keyingi o'rinda turadi. Pepe Evroni yutgan ikki braziliyalikdan biri. U bir yil ichida Evropa chempionlar ligasi («Real» bilan) Evropa chempionatini yutgan yagona braziliyalik. 2016 yildagi chempionlik ortda qoldi. Evropa-2020da Pepe besh yil oldin qo'lga kiritilgan chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qiladi.
Mario Fernandes (Rossiya) - San-Kaetano-do-Sulda tug'ilgan, San-Paulu shtati
2017 yilda Rossiya terma jamoasida o'ynashga qaror qilgan "supermario" avvalroq Braziliya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan va bu uning "Selesao" bilan munosabatlariga nuqta qo'ygan. Unga fuqaroligini o'zgartirish uchun hech qanday to'siq yo'q edi, endi esa Fernandezning rossiyaliklar tarkibida 29 uchrashuv o'tkazdi va 5 gol urishga muvaffaq bo'ldi. U ruslar tarkibida Jahon chempionatida yaxshi harakat qildi va ertaga u Evroda debyut qilishi kerak, bunday imkoniyat aslida, har bir braziliyalikka berilmaydi.
Emerson (Italiya) - San-Paulu shtatining Santos shahrida tug'ilgan
Braziliyada tug'ilgan chap qanot himoyachisi o'tgan mavsumda «Chelsi» tarkibida deyarli o'ynamadi, ammo Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi va Italiyaning Evro-2020 uchun qaydnomasidan o'rin oldi. Roberto Manchini aslida braziliyaliklarga imkoniyat berishni yoqtiradi desak ham bo'laveradi. 26 yoshli himoyachi Italiya termasidagi debyutini 2018 yilda o'tkazgan edi va shundan beri 15 uchrashuvda qatnashishga ulgurdi.
Jorjino (Italiya) - Santa-Katarinaning Imbituba shahrida tug'ilgan
U Antonio Konte boshchiligida Italiya terma jamoasida debyutini o'tkazgan. Jorjino Evro-2016da o'ynashi mumkin edi, ammo so'nggi daqiqada u ro'yxatdan tushib qoldi. Endi hammasi boshqacha: Jorjino nafaqat Evropa chempionatida «skuaddradzura» tarkibiga kirdi, balki u biz asosiy tarkibda kutayotgan Roberto Manchini jamoasidagi uchta braziliyalikdan yagonasi hisoblanadi. Eslatib o'tishimiz kerakki, Emerson va Jorjino Pepening besh yil oldingi yutug'ini takrorlashlari mumkin. Ular «Chelsi» bilan Chempionlar Ligasida g'olib bo'lishgan va endi ular allaqachon milliy jamoalar darajasida Evropa chempioni bo'lishni orzu qilishmoqda.
Rafael Toloi (Italiya) - Gloriya dvestida tug'ilgan, Mato Grossoni shtati
2022 yil mart oyida Litvaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida Italiya terma jamoasidagi debyutini o'tkazdi, shuningdek, katta start arafasida San-Marino va Chexiya bilan sinov o'yinlarida qatnashdi. «Atalanta»ning markaziy himoyachisi 26 futbolchining ro'yxatiga kirdi, ammo uning raqiblari Kellini, Bonuchchi, Acherbi va Bastone ekanligini inobatga olsak, unga beriladigan imkoniyatlar kam bo'lish ehtimoli yuqori.
Marlos (Ukraina) - San-Xose dos Pinxays shahrida tug'ilgan, Parana shtati
U 2012 yildan buyon Ukraina klublarida to'p surmoqda va Ukrainadagi besh yillik o'yinlaridan so'ng, shu mamlakat futbol assotsiattsiyasining taklifini qabul qildi. Shunday qilib, Shevchenko shogirdlari Evro oldidan o'z tarkibini ancha kuchaytirib oldi. U Evro-2020 saralash o'yinida Litvaga qarshi o'yinda (3: 0) xalqaro o'yinlardagi ilk golini urdi.
Tyago Alkantara (Ispaniya)
Tyago Evropada, xususan Italiyaning Appenin yarim orolida tug'ilgan, u erda uning otasi Mazino o'sha paytlarda «Lecce»da o'ynagan. Bu holatda tug'ilgan joyning ahamiyati yo'q, chunki Tiago braziliyalik sportchilar, futbolchi Mazino va voleybolchi Valeriya oilasida tug'ilgan. Ularning kenja o'g'li Rafina Braziliya terma jamoasini tanladi, u uchun 28 yoshga qadar ikki marta o'ynadi. Tiago Ispaniya terma jamoasida esa ancha muhim futbolchi, u debyutini 10 yil oldin Visente del Boske qo'l ostida o'tkazgan va 42 uchrashuvda qatnashgan.
Manba: sports.ru