Belgiya terma jamoasiga alohida bonuslar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Het Laatste Nieuws xabariga ko'ra, Belgiya FF terma jamoa futbolchilarini musobaqa oldidan jiddiy ruhlantirdi.
Ya'ni tarkibning har bir futbolchisi, agar jamoa musobaqada g'olib chiqsa, 435 ming evro maosh olishi belgilandi. Final uchun esa 370 ming evro mukofot bor.
Boshqa bosqichlar uchun ham bonuslar mavjud. Yarimfinalga chiqish uchun jamoaning har bir a'zosi 290 mingdan, chorak final uchun esa 170 mingdan oladi. Guruhdan chiqish 90 ming evroga baholanmoqda.
Hatto eng yomon tsenariy ham bayon etilgan. Agar Belgiya guruhdan chiqa olmasa, unda har bir o'yinchi 42 ming evrodan ulushga ega bo'ladi.
Maelumot uchun, UEFA bo'lajak g'olibga 34 million evro to'laydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201