Akademiyalar finali
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157
39
Angliyada asr avvalida bolalar futboliga eng ko'p sarmoya tashlagan jamoa "Chelsi" bo'ladi.
Shu bois, uning og'ir payti og'riqsiz o'tdi. Lempard rohatlanib ishladi yoshlar bilan. EChL yo'llanmasini so'nggi soniyalarda qo'lga kiritilishida Frenkning xizmati beqiyos. Tabiiyki, EChL g'olibligida ham uning ishtiroki bor. EChLga chiqmasa Tuxel nima qila olardi, to'g'rimi?
O'tgan mavsum yoshlari bilan taqiqdan eson-omon o'tib olgan yigitlar "Chelsi" bilan kubok ko'tarishyapti. Ularning ro'yxati salmoqli. Juda orqadagi yigitlar emas. Meyson Maunt, Ris Djeyms, Temmi Abraxam, Andreas Kristensen, Kallum Xadson-Odoi. Billi Gilmor. "Chelsi" akademiyasidan keyingi o'rinda Angliyada "ManSiti" akademiyasi tursa kerak. Ayni paytda juda ko'p "shaharliklar" turli klublarda faoliyat yuritishmoqda. Birgina Jeyson Sancho va Anxelino nomi bu klubdagi ishlarning salmog'ini ko'rsatadi.
Ammo "Chelsi"da lider futbolchi aynan akademiyadan. Shunisiga qoyil. Bir klubni olgach uning buguniga emas, ertasiga qiziqish ham zarurligini Roman Abramovich isbotlab qo'ydi. Yulduzlarni olib kelish qochmaydi, ammo og'ir kuningda o'zingdan etishib chiqqanlar qahramonlik ko'rsatishadi. Bu masalada ham final natijasi adolatli bo'ldi shekilli...
Xayrulla Hamidov

Bosh sahifaga
184