Pogba: "Menda Nosir Al-Xelayfining raqami yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Frantsiya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Pol Pogba PSJga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Mening shartnomam tugashiga hali yana bir yil bor. Bu haqda hamma biladi. Biroq uni yangilash uchun "Yunayted"dan hali aniq taklif bo'lmadi.
Bu haqda men rahbariyat va murabbiylar bilan gaplashmadim. Men hali ham Manchester shahri o'yinchisiman. Hozir men Evro haqida o'ylayapman, bor e'tiborimni ushbu turnirga qarataman.
Shunga o'xshash masalalar bilan shug'ullanadigan agentim bor. Menda Nosir Al-Xelayfining raqami yo'q», - deya kinoya qildi Pogba.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251