Evro-2020. Shotlandiya terma jamoasi futbolchilari uchrashuvlar oldidan tizza bilan o'tirishmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Shotlandiya terma jamoasi futbolchilari Evro-2020 musobaqasi uchrashuvlari oldidan rasizmga qarshi kurash aktsiyasi doirasida tizza bilan o'tirmaydigan bo'lishdi. Shotlandiya futbol federatsiyasi shunday bayonot tarqatdi.
«Shotlandiya erkaklar terma jamoasi Evro-2020ning barcha o'yinlari oldidan irqchilikka qarshi kurash davom etadi. Futbolchilar, murabbiylar shtabi va terma jamoaning boshqa a'zolari "D" guruh bahslari arafasida tik turgan holda rasizmga qarshi kurashishadi», — deyiladi bayonotda.
Shotlandiya guruh bosqichida Angliya, Chexiya va Xorvatiyaga qarshi to'qnash keladi. Ularning dastlabki uchrashuvi 14 iyun kuni Chexiyaga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245