"Milan" hujumchisini ijaraga bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Milan" hujumchisi Rafael Leau vaqtinchalik muddatga klubini tark etishi mumkin.
Frantsiyaning «Marsel»i hozircha unga da'vogarlik qilmoqda. Gap bir yillik ijara to'g'risida ketayapti.
E'tiborlisi, portugaliyalikning «Milan» bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. O'tgan mavsumda u «rossonerilar» bilan birga A Seriya kumush medallariga ega chiqdi.
«Milan» Leau uchun «Lill» ga 29,5 million evro to'lagandi. So'nggi mavsumda u oltita gol urib, shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262