Alba: "Qaerdan bunday hujumchini topishingiz mumkin?"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Barselona» himoyachisi Jordi Alba Luis Suaresning «Atletiko»ga o'tishi haqida gapirdi.
«Suares «Barselona»ga juda ko'p ijobiy narsalar berdi va biz uni deyarli to'g'ridan-to'g'ri raqib bo'lgan "Atletiko"ga berib yubordik. Va oxir-oqibat ular chempion bo'lishdi. Bu men uchun yoqimsiz holat. Qaerdan bunday hujumchini topishingiz mumkin?
Ko'plab yolg'on ma'lumotlar aytildi, tasdiqlanmagan narsalar ko'p bo'ldi. Suaresdagi potentsial juda zo'r edi, u bizning jamoamizga juda mos tushardi va shu paytgacha stabil sermahsullik namoyish etib kelgan», - deydi Alba.
Eslatib o'tamiz, Suares «Barsa»da 2014 yildan 2020 yilgacha o'ynagan. Klub tarkibida urugvaylik 13 ta sovrin yutdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254