Komanning kelajagi noaniqligicha qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

«Bavariya» vingeri Kingsli Komanning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Sport1 jurnalisti Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda, ammo u Jeydon Sancho transferi amalga oshmay qolgan taqdirdagina muqobil variant hisoblanadi.
Komanning o'zi «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirishga qarshi emas, ammo uning agentlari bunday qarorga qarshi. «Bavariya»ning yangi murabbiyi Yulian Nagelsmann futbolchini jamoada olib qolishni istaydi.
O'tgan mavsumda Koman 39 o'yinda 8 gol urib, 12 ta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236