Frantsiya terma jamoasi hujumchilari orasida mojaro yuz berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Frantsiya terma jamoasi hujumchilari Kilian Mbappe va Olive Jiru o'rtasida mojaro yuz berdi.
Bolgariyaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng bergan intervyusida Jiru, jamoadoshlari kam uzatma berishayotganidan nolidi. Bu gapni Mbappe o'ziga qabul qildi va Jirudan jahli chiqdi.
"RMC Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, Kilian shundan so'ng kun davomida norozi qiyofada yurgan. Jiru esa intervyuda uni nazarda tutmaganini tushuntirishga harakat qildi.
Ammo shundan so'ng ham Mbappening o'zini tutishi o'zgarmagan. Vaziyatga terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham aralashishi ham yordam bermadi. Mashg'ulot davomida Jiru Mbappega uzatmalar berdi, mashg'ulotdan so'ng jamoadoshini quchoqladi, ammo bularning barchasi besamar ketdi.

Bosh sahifaga
269