Davlat Bobonov faoliyatida ilk bor jahon chempionati medaliga sazovor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan dzyudo bo'yicha jahon chempionatining beshinchi kuni o'z yakuniga etdi. Biroz avval hamyurtimiz Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida final bahsini o'tkazdi.
Ma'lum qilganimizdek, hal qiluvchi bellashuv ispaniyalik Nikoloz Sherazadishviliga qarshi kechdi. Murosasiz kurash sal kam 6 daqiqa davom etdi va unda raqib g'alabani ilib ketdi.
Davlat Bobonov faoliyatida ilk bor jahon chempionatining finalida kurashdi va bu bilan ulkan tajriba orttirdi, deyish mumkin. Asosiysi, hamyurtimizdan Tokio-2020 Olimpiadasida oltin medal kutib qolamiz. Bu natija bilan polvonimiz Olimpiada reytingi uchun 1400 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ymoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206