Veynaldum: "Bu o'zgacha sarguzasht bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Liverpul" yarimhimoyachisi Jorjino Viynaldum PSJga o'tishi haqida fikr bildirdi. Gollandiyalik parijliklar bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
«PSJ»ga o'tish mening faoliyatimdagi yangi sahifa. Bu o'zgacha sarguzasht bo'ladi. Men Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biriga o'tyapman. Bu juda katta loyiha, bilasiz. Men PSJga barcha kuchimni berishga tayyorman.
So'nggi yillarda PSJ o'z imkoniyatlaridan ham yuqori darajada o'ynab berdi, ammo biz bundan ham uzoqroqqa borib, yanada katta yutuqlarga erishishimiz mumkin. Men bunga ishonaman", - deydi Veynaldum.
Eslatib o'tamiz, Jorjino Veynaldum PSJ bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253