Frantsiyaga qarshi muhim bahs oldidan Germaniya tarkibida jiddiy yo'qotish!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Leon Gorettska Frantsiya bilan bo'ladigan qarama-qarshilikni o'tkazib yuboradi.
Ushbu ma'lumotni terma jamoa menedjeri Oliver Birxoff tasdiqlagan. Leon ushbu o'yingacha to'liq tiklanib olishga ulgurmaydi.
Nemislar 15 iyun kuni amaldagi jahon chempionlariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu duel Myunxen shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Gorettska Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi birinchi o'yinda jarohat olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230